Yangilik va hodisalar
LinksLinks2

“Xalqaro huquq” fakulteti talabalari "Uchinchi renessans – yoshlar nigohida" tanlovinining respublika bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritdilar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Ipoteka-bank” ATIB, O‘zMTRK O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda “Uchinchi renessans - yoshlar nigohida” nomli respublika tanlovining yakuniy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Hurmatli JIDU abituriyentlari

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga bakalavriat uchun (dastlabki imtihonga) abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 2021-yil 15-iyundan onlayn arizalar (https://admission.uwed.uz) orqali amalga oshiriladi.

JIDU talabalarining muvaffaqiyatlari

Kuni kecha JIDU “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabalari Ulug’bek Jangchiddinov va Fazliddin Djamalov hamda “Xalqaro huquq” fakulteti talabasi 2-bosqich talabasi Abu Tolib Gʻiyosovlar “Zakovat” intellektual oʻyinida qatnashib, 3-oʻrinni egallashdi.

Islom terrorni inkor etadi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektorining maslahatchisi, siyosiy fanlar doktori, professor Shuhrat Gʻoyibnazarovning “Islom terrorizmga qarshi” monografiyasi “Oʻzbekiston” NMIUda nashr etildi.

JIDUda Hindiston Elchisi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etiladigan chet tillarini chuqur oʻrgatish markazi faoliyati boʻyicha xorijiy davlatlar elchilari bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Bugun ana shunday uchrashuvlardan biri Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manish Prabxat bilan boʻlib oʻtdi.