Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshida tayyorlov o‘quv kurslari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kurslarimiz tinglovchilarga O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlariga kirishlari uchun shartnoma asosidagi samarali tayyorlanish imkoniyatini taqdim qiladi.

JIDU qoshidagi tayyorlov kurslarida quyidagi fanlar bo‘yicha ta’lim olish taklif qilinadi:

  • matematika
  • informatika
  • tarix
  • o‘zbek tili
  • ingliz tili
  • rus tili
  • nemis tili
  • fransuz tili

Tayyorlov kurslari dasturida, shuningdek, universitetimizda ta’lim amalga oshiriladigan yo‘nalishlar faoliyati va ixtisosligi yuzasidan ham tanishtirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, universitet quyidagi fanlar bo‘yicha o‘qitishni taklif qiladi:

  • xitoy tili
  • ispan tili
  • italyan tili
  • yapon tili
  • arab tili
  • koreys tili

Tayyorlov kurslari 9 oy davom etadi, har bir fanning hajmi 144 soatni tashkil qiladi.

Kirish sinovlari: xorijiy til bilimlari bo‘yicha talab qilinadigan bilim darajasini aniqlash uchun yozma va og‘zaki test qilish.

Telefon: (+99897) 768-28-25

E-mail: tkurs@uwed.uz

Zarur hujjatlar:

  • ariza;
  • passport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
  • 3x4sm hajmdagi 2 ta fotosurat.