Korrupsiyaga qarshi kurash "komplayens-nazorat" sektori
“Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo`lmas ekan, ta`sirchan jamoatchilik nazoratini o`rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha o`z ichki dasturlari bo`lishi shart”.
Shavkat Mirziyoyev
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Ilg‘or xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi zamonaviy boshqaruv usullariga muvofiq, samarali faoliyat yuritishni ta’minlovchi eng muhim profilaktik vositalardan biri tarkibida korrupsiyaga qarshi “komplayens nazorat” tizimini joriy etish hisoblanadi. “Komplayens nazorat” (compliance control) tushunchasi - muvofiqlik va aniq belgilangan qoida, standart hamda ko‘rsatmalarga muvofiq faoliyat yuritishni anglatadi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurash “komplayens-nazorat” sektori Korrupsiyaga qarshi kurash “komplayens-nazorat” sektori mas’ullari:
Inogamov Sarvar Nigmatullayevich
Ishmuradov Bahodir Sunnatovich
Soliyev Dilshod Baxtiyor o’g’li
Murojaat qilish manzili: JIDU A bino, 406-xona
Telefon raqamlar: +998944293300 yoki +998909863538
Email: Sinagamov@uwed.uz, dsoliyev@uwed.uz, ishmuradov.b@mail.ru
Telegram bot: Universitetning @tsknb_bot yoki O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining @anticoredu boti orqali.