Xalqaro munosabatlar
Xalqaro munosabatlar fakulteti 1995-yilning oktabrida tashkil etildi. Fakultetning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan aloqa olib boruvchi boshqa muassasalari, idora va tashkilotlari, chet mamlakatlardagi elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib berishdan iborat. Fakultet O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini jahonning siyosiy maydonida himoya qila oladigan yetuk diplomatlar, siyosatshunoslar hamda xalqaro munosabatlar sohasining turli jabhalarida ishlay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlab bermoqda.
Xalqaro munosabatlar fakultetida “Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar hamda “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
“Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)” bakalavriat o‘quv dasturi haqida
Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha) – gumanitar fanlar ta'lim sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u xalqaro munosabatlar sohasini rivojlantirishga, tashqi siyosat istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini hamda siyosiy bilimlar tizimi bilan bevosita aloqador bo‘lgan xalqaro munosabatlar tarixi va nazariyasi, diplomatiya asoslari, O‘zbekiston va dunyo xalqlarining xalqaro munosabatlari, tarixi, dini, tili, iqtisodiyoti, huquqiy tizimi, adabiyoti va madaniyati haqidagi bilimlar bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyatini o‘z ichiga oladi.
“Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar ichki va tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq jarayonlarni o‘zlashtirish va tadqiq qilish, istiqbolni belgilash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish, ilg‘or xalqaro metodlarini qo‘llash, tashqi siyosiy jarayonlar bo‘yicha tizimli tahlil modellarini qo‘llash, kompyuter texnologiyalari va dasturlash, tizimli yondoshuv mexanizmlarini tatbiq etish kabi kasbiy faoliyat turlarini qamrab oladi.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:
“Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)” ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq davlat boshqaruv organlari tizimida, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining xalqaro boshqarma va bo‘limlarida, xalqaro tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
Ta'limni davom ettirish imkoniyatlari
“Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat” mutaxassisligi bo‘yicha ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda magistraturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.
Shuningdek, bakalavr o‘rnatilgan tartibda katta ilmiy xodim izlanuvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishni davom ettirishi mumkin.
“5A120701 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat” magistratura mutaxassisligi
Ushbu mutaxassislik doirasida O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati va xalqaro munosabatlari bilan bog‘liq kasbiy faoliyat olib boradigan mutaxassislar tayyorlanadi.
Mazkur mutaxassislik bo‘yicha magistratura talabalariga quyidagi fanlar o‘qitiladi:
- Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari
- Global rivojlanish va xalqaro tizimlarning siyosiy muammolari
- Xalqaro tizimlarda O‘zbekiston manfaatlari
- Amaliy xorijiy til
- Iqtisodiy va energetik diplomatiya
Magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq davlat boshqaruv organlari tizimida, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining xalqaro boshqarma va bo‘limlarida, xalqaro tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
Shuningdek, magistrlar o‘rnatilgan tartibda katta ilmiy xodim izlanuvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishni davom ettirishi mumkin.
Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat ko‘rsatmoqda:
- “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”
- “Xalqaro munosabatlar”
- “Amaliy diplomatiya”