"Amaliy diplomatiya" kafedrasi
“Amaliy diplomatiya” kafedrasi 2005 yil avgustida «Diplomatik kurslar» markazi negizida tashkil etilgan bo‘lib, unga tarix fanlari doktori, professor Abdullayev Sherzod Majidovich rahbarlik qilmoqda. Kafedrada “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati”, “Hozirgi zamon diplomatiyasi”, “Diplomatiya tarixi”, “Diplomatik muzokaralar”, “Diplomatik va konsullik xizmati”, “Xalqaro protokol va etiket” kabi fanlardan ta'lim beriladi.
Kafedra o‘qituvchilari o‘zlarining faoliyatlarida internet, multimedia va boshqa zamonaviy informatsion texnologiyalaridan keng foydalanadilar. Xususan, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarining prezentatsion shakli yaratildi. Buning natijasida joriy va oraliq reyting nazoratlarining yangi uslublari yaratildi va joriy etildi. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha prezentatsion, tarqatma, video va boshqa ko‘rgazma materiallari mavjud bo‘lib, ulardan ma'ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda foydalaniladi.
Ayni paytda kafedra Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti, Yaponiyaning “Japan Foundation” jamg‘armasi bilan aloqalar o‘rnatgan.