JIDU bitiruvchilari assosiatsiyasi haqida
Universitet tashkil etilganidan buyon minglab iqtidorli yoshlar ta'lim maskanini bitirib, bugungi kunda shaxs sifatida kamol topib, respublikamizning deyarli barcha vazirlik va idoralari, yirik xalqaro tashkilotlar, ilg'or mahalliy va xorijiy kompaniya (shirkat)larida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ular yetishgan yutuqlari zamirida JIDUning salmoqli o'rni ham bor. Har bir bitiruvchi nafaqat bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgani, balki JIDUning o'ziga xos madaniyati, Universitet shukuhi hamda didini o'zida mujassam etib, Respublikada iqtidorli yoshlarni jalb qilguvchi, o'ziga tortguvchi kuch (magnit) vazifasini o'tamoqda. Bugungi kunda, milliy va xalqaro ta'lim muassasalarining kuchli raqobatga yo'nalganlik sharoitida, JIDU o'z bitiruvchilari tomonidan ta'lim sifatini yaxshilash va sharoit yaratilishi, universitetning ijobiy salohiyati (imiji) taraqqiy etishi, universitet va bitiruvchilararo doimiy qayta aloqaning o'rnatilishida ko'mak va qo'llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezmoqda. 2015 yilning 19 dekabrida, JIDU bitiruvchilarining turli avlod vakillarini o'zida mujassam etgan tashabbuskor guruhi tomonidan, universitet bitiruvchilari uchrashuvi tashkil etildi, unda JIDUning 200dan ortiq bitiruvchilari ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuv davomida JIDU bitiruvchilari uyushma(assotsiatsiya)sining Konseptsiyasi taqdimoti o'tkazildi. Kontseptsiyaga muvofiq, JIDU bitiruvchilari uyushma(assotsiatsiya)si ixtiyoriy ravishdagi birlashma (tashkilot) bo'lib, JIDU bitiruvchilari hamda universitet o'rtasida doimiy aloqani ushlab turuvchi, tashkillashtiruvchi, yo'naltirib, hamkorlik hamda homiylik asosida JIDU manfaatlarini ko'zlab, hozirgi va kelgusi bitiruvchilarga amaliy ko'mak ko'rsatuvchi uyushma sifatida faoliyat yuritadi. Assotsiatsiyaning bosh maqsadi qilib, JIDU va bitiruvchilararo doimiy aloqani tartibga solib turish belgilangan; ta'lim jarayonini yaxshilash borasida moliyaviy, konsul`tativ (maslahat), texnik va boshqa turdagi ko'makni tashkillashtirib borish; universitetning bo'lg'usi bitiruvchilari ish bilan bandligini ta'minlash maqsadida amaliy ko'mak ko'rsatish; JIDU bitiruvchilarining turli avlod vakillari tashrifi uchun imkoniyat yaratish; o'zaro har yillik uchrashuv va tadbirlarni tashkillashtirish orqali bitiruvchilar bilan munosabatni ushlab turish va dolzarb masalalarni muhokamaga qo'yish.