Bakalavriatga qabul
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 2023/2024-o’quv yili uchun bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o’qishga kirish tartibi to'g'risida ma'lumot
JIDUga 2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 2023-yil 15-iyundan 5-iyulgacha bo‘lgan muddatlarda onlayn ariza topshirish orqali qabul qilinadi.
Hujjatlar quyidagi bakalavriat ta’lim yo'nalishlari bo'yicha qabul qilinadi:
60310800 – “Xalqaro munosabatlar”
60310700 - "Siyosatshunoslik"
60412000 - “Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)”
60420100 - “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)”
JIDU abiturientlari elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimi admission.uwed.uz orqali abiturientlar tomonidan onlayn ariza to'ldirilib, ro‘yxatga olish mobaynida talab etiladigan hujjatlarning elektron nusxasi yuklangach, dastlabki imtihonga yo‘llanma beriladi. Ro‘yxatga olingandan so‘ng, abituriyent dastlabki imtihon sanasi va vaqti haqida ma`lumot oladi.
Abituriyentlarning elektron roʻyxatdan oʻtish tizimida talab etiladigan hujjatlar roʻyxati:
1. Biometrik pasport yoki ID-karta. Pasport yoshiga to’lmaganlar uchun tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma (skaner qilingan pdf formatda).
2. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganlik to‘g’risidagi hujjat. (shahodatnoma, diplom skaner qilingan pdf formatda)
3. 3×4 shakldagi elektron foto.
Hujjat fotosurati uchun talablar.
- Suratdagi yuz rasmning markazida joylashgan boʻlishi kerak (selfi mumkin emas).
- Koʻzlar ochiq boʻlishi va aniq koʻrinishi lozim.
- Qora rangli koʻzoynakda rasmga tushish taʼqiqlanadi.
- Rasm aniq va ravshan boʻlishi kerak.
- Yorugʻlik bir xilda boʻlishi lozim, keskin kontrast mumkin emas.
- Fon monoton koʻrinishda (oq, moviy ranglarda), teksturasiz, fon rangi yuzga qaraganda ochroq boʻlishi lozim.
4. Chet tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat (agar mavjud bo‘lsa) skaner qilingan pdf formatda.
5. OTMga kirishda imtiyoz beruvchi qo‘shimcha hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa) skaner qilingan pdf formatda.
Diqqat! 2023-yilda dastlabki imtihon 1 iyuldan 6 iyulgacha bo‘lgan muddatlarda abituriyentlarning xohishiga ko‘ra, onlayn yoki an’anaviy shakllarda o‘tkaziladi.
Dastlabki imtihon uch blokdan iborat quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi:
1-blok. Abiturientning intellektual darajani aniqlash (IQ test sinovlari, 40 ball).
2-blok. Xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis tillari) bilish darajasini aniqlash (Test, 30 ball).
3-blok. Ona tilini (o‘zbek yoki rus tili) bilish darajasini aniqlash. Madaniyat, san’at, tarix, jug‘rofiya kabi fanlar va dolzarb ijtimoiy mavzular yuzasidan savod darajasi va o’z fikrini bayon etish qobilyati baholanadi (100-150 so‘zdan iborat qisqacha esse, 30 ball). Esseni baholash mezonlari.
IELTS bilim darajasi kamida 5,5 ball, TOEFL IBT – kamida 61 ball, shuningdek, DaF Test, GOETHE sertifikati, DELF imtihonlari uchun Multilevel usuli (CEFR) bo‘yicha B2 minimal darajasini belgilovchi tegishli til sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun xorijiy til bo'yicha maksimal – 30 ball belgilanadi.
Jami 50 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga Davlat test markazi tomonidan JIDUga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
Faqatgina dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan abiturientlargina Davlat test markazining abiturientlarni ro‘yxatdan o‘tish portali – my.uzbmb.uz manziliga kirib yo‘riqnoma bo‘yicha JIDU ta’lim yo‘nalishlaridan birini tanlash imkoni beriladi. Ayni paytda abiturientlar istagiga ko‘ra, turli OTMlardan JIDU ta’lim yo‘nalishlarini hisobga olganda jami 5ta gacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati mavjud.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha JIDU Qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin:
Elekron pochta manzili: admission@uwed.uz
Telegram: @uwed_admission
Call-Markaz telefon raqamlari:
+998 (71) 268-35-40
+998 (71) 267-08-16
+998 (71) 267-08-52