JIDU Tarraqiyot fondi
JIDU Taraqqiyot Fondi 1992- yil 23- sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “JIDUni tashkil etish to‘g‘risida”gi №474 sonli Farmoniga hamda JIDU Nizomiga muvofiq tuzilgan.
Fond JIDUning kelajakda keng ko‘lamda rivojlanishini ta'minlash va xalqaro iqtisodiyot, davlatlar o‘rtasida munosabatlar, diplomatiya hamda xalqaro huquq sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha, shuningdek ushbu sohalarda o‘tkaziladigan ilmiy va amaliy tadqiqot ishlarini o‘tkazishda ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.
Ushbu fondning asosiy vazifalari ko‘yidagi sohalarni moliyalashtirishga yordam ko‘rsatish hisoblanadi:
- ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va ilmiy ishlar, o‘quv-metodologik qo‘llanmalarni chop etish;
- konferensiyalar, ko‘rgazmalar, festivallar va taqdimotlarni tashkil etish hamda ularni o‘tkazish;
- xorijda tajriba oshirishga, talabalarni malaka oshirish amaliyotlariga, hamda JIDU hodimlari va professor-o‘qituvchilarining turli shakldagi malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlari;
- talabalarning o‘qishi hamda hodimlar va o‘qituvchilarning mehnatiga iqtisodiy yordam ko‘rsatish;
- universitetning moddiy - texnik bazasini kengaytirish;
- o‘quv va ilmiy bilimlar olishga xizmat qiladigan adabiyotlar bilan ta'minlashga, davriy bosma nashiryotlariga obuna bo‘lishga, shuningdek axborot texnologiyalar infrastrukturasini yangilash;
- targ‘ibot - tashviqot ishlari bilan bog‘liq loyihalar va intellektual mulk tizimadan kengroq foydalanishning huquqiy asoslari va boshqalar.