Rektor

Safoyev Sodiq Solixovich

Bakoyev M. T.

Ta’lim olgan: 

Bakalavriat (1976) va magistraturani Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zMU) ning Iqtisodiyot yo‘nalishida tamomlagan, 1984-yilda mazkur OTMda Sanoatda mehnat unumdorligi muammolari bo‘yicha doktorlik ishi himoyasini qilgan.

Shuningdek, Garvard universitetining Xalqaro taraqqiyot institutida (1990-1991) tadqiqotchi sifatida bilim olgan, iqtisodiyot, xavfsizlik va xalqaro munosabatlar masalalari bo‘yicha qator maqolalar muallifi.

 

Rus va ingliz tilida ravon so‘zlashadi.

“Mehnat Shuhrati” (2004), “Do‘stlik” (2011) va “Fidokorona xizmatlari uchun” (2019) ordenlari sohibi.

Ish tajribasi

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘limida yetakchi konsultant, bo‘lim mudiri (1991-1992)
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi o‘rinbosari (1992-1993)
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri (2003-2005; 1993-1993)
  • O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, o‘rindoshlik asosida – O‘zbekiston Respublikasining Niderlandiya va Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, shuningdek, O‘zbekistonning YXHT vakili (1993-1996)
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi (1996)
  • O‘zbekiston Respublikasining AQSh va Kanadadagi Elchisi (1996-2001)
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili (2001-2003)
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori (2005)
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi (2005-2016)
  • 2016-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari 
  • 2021-yil 23-iyulda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor

Amanov Durbek Umidovich

 

Ma’lumoti:

1989-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining umumiy davolash ishi fakultetini tamomlagan.

1995-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining (JIDU) xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan.

Hindiston xalqaro munosabatlar institutida “Iqtisodiy diplomatiya” yo‘nalishida tahsil olgan (1994, Nyu-Dehli).

Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Rus va ingliz tillarini mukammal biladi.

Mehnat faoliyati

1989-1994 yillar – Toshkent davlat tibbiyot instituti klinik ordinatura, aspirantura
1995-1997 yillar – JIDU “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘qituvchisi
1997-1998 yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari ishlari bo`yicha boshqaruv bo’limi ikkinchi kotibi
1998-2000 yillar – O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi ikkinchi kotibi
2001-2003 yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari ishlari bo`yicha boshqaruv bo’limi boshlig’i
2003-2004 yillar – BMT xalqaro ishlar boʻyicha va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xalqaro tashkilotlari boshqaruvi bo’limi boshlig’i
2004-2007 yillar – O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi
2007-2010 yillar – BMT xalqaro ishlar boʻyicha va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xalqaro tashkilotlari boshqaruvi bo’limi boshlig’i
2010-2013 yillar – O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsuli (AQSh)
2013-2017 yillar – Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya, Shveytsariya, Chexiya va Ispaniyadagi (qarorgohi Berlinda) Favqulodda va Muxtor elchisi 
2018-2021 yillar – Xususiy sektordagi faoliyat
2021-2022 yillar – JIDU rektori maslahatchisi
2022 yil yanvardan – JIDU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

Ismailova Gulnoza Saydiganixodjayevna

 

2019 yil 24 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylandi.

Maʼlumoti: Toshkent davlat yuridik instituti (bakalavr va magistratura), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (ikkinchi mutaxassislik)
Mutaxassisligi: huquqshunos; iqtisodchi.

Yuridik fanlari doktori, dotsent.
Rus va ingliz tillarini mukammal biladi.

Mehnat faoliyati

  • 2003-2005 yy.- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi aspiranti  
  • 2005-2012 yy.- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “Davlat qurilishi va huquq” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi
  • 2008-2010 yy.- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi doktoranti
  • 2010-2012 yy - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “Davlat va jamiyat qurilishi” fakulteti dekani muovini
  • 2012-2015 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi  “Boshqaruvning huquqiy asoslari” kafedrasi dotsenti hamda Akademiya ilmiy kotibi
  • 2015-2017 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruvning huquqiy asoslari” kafedrasi dotsenti hamda Akademiya ilmiy kotibi
  • 2017-2018 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Davlat tuzilishi va boshqaruvining huquqiy asoslari” kafedrasi dotsenti
  • 2018-2019 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti dekani
  • 2019-y. - h.v.  - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

Oʻquv treninglarda malakasini oshirgan:

  • 2019-yilda - The Training “Legal drafting” Tulane Law School, New Orleans, Louisiana. 
  • 2018-yilda - Comprehensive E-learning course for OSCE/ODIHR Observers. 
  • 2018-yilda - The Training of Trainers “Coaching excellence: from practice to proficiency”, UNDP. 
  • 2018-yilda - “The organization of the Parliamentary work”, LʻENA Ecole Nationale dʻAdministration, Paris, France.
  • 2014-yilda - “Local government”, LʻENA Ecole Nationale dʻAdministration, Paris, France.
  • 2013-yilda - The Training on “Standard Parliamentary format of debating” UNDP/UNV.
  • 2012-yilda - “Fighting corruption”, LʻENA Ecole Nationale dʻAdministration, Paris, France.
  • 2011-yilda - “Managing Change in the Public Service”, Singapore Civil Service College, Singapore.

70 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi.


Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor

Yusupdjanov Odil Abdugafurovich

 

Ma’lumoti: Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti

Ingliz va rus tillarida so‘zlashadi.

Ish tajribasi

  • 1999-2000 yy. - Toshkent davlat yuridik instituti xodimi
  • 2000-2005 yy. - Qozogʻiston Respublikasi Janubiy-Qozogʻiston Davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi
  • 2001-2003 yy. - Respublika huquqiy maʼrifat targʻiboti markazi bosh maslahatchisi
  • 2004-2006 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xalqaro huquq fakulteti dekanati 2-toifali metodisti, davlat qurilishi va huquqi kafedrasi kabinet mudiri
  • 2006-2011 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti davlat qurilishi va huquqi kafedrasi  shogird-oʻqituvchicv, oʻqituvchi
  • 2011-2012 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xalqaro huquq fakulteti dekani muovini vazifasini bajaruvchi (oʻrindoshlik asosida davlat qurilishi va huquqi kafedrasi oʻqituvchisi)
  • 2012-2016 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti fan va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash boʻlimi boshligʻi (oʻrindoshlik asosida davlat qurilishi va huquqi kafedrasi katta oʻqituvchisi)
  • 2016-2016 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litsey va kollejlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
  • 2016-2018 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontahur akademik litsey direktori oʻrinbosari
  • 2018-2021 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xalqaro ommaviy huquq va davlat huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi
  • 2021-y.-h.v. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti YUNESKOning xalqaro huquq va inson  huquqlari kafedrasi mudiri

Xizmat vazifalari

  • Yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir boʼlgan yuqori maʼlumotli, malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
  • Talaba-yoshlar ongiga milliy gʼoyani singdirish, maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, taʼsirchan mexanizmlarini shakllantirish;
  • Maʼnaviy-maʼrifiy jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish;
  • Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qatʼiy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish ishlarini amalga oshirish;
  • Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimi uchun zarur boʼlgan tegishli meʼyoriy va uslubiy hujjatlarni, shuningdek, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;
  • Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
  • Talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazishini tashkil qilish, Universitetda talaba-oʼquvchilarning qiziqishlariga muvofiq, yoʼnalishlar, ixtisosliklar va toʼgaraklarni, shuningdek, talaba-yoshlarning darsdan boʼsh vaqtlarini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tuzilmalarni tashkil etish;
  • Universitetda talabalar turar joylarining sharoitlari unda istiqomat qilayotgan talabalarning talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostida tutish;
  • Dekanatlar, kafedralar va murabbiylar tomonidan olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtish va ularning bajarilishini nazorat qilish.