Magistraturaga qabul
2023/2024-oʻquv yili uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining magistraturasiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni magistr.edu.uz platformasi orqali 2023 yil 1- iyuldan 30-iyulga qadar davom etadi.
Magistratura mutaxassisliklariga bakalavr darajasi diplomiga ega, xorijiy tillar bo’yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro til sertifikatiga ega bo'lish talab etiladi. Bu yilgi magistraturaga qabul uchun 25 ta turdagi sertifikat tasdiqlangan.
Talabgorlardan alohida imtihon olinmaydi. Chet tili sertifikati darajasi va bakalavr diplomining o‘rtacha balliga qarab ketma-ketlikda abituriyentlar qabul qilinadi.
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo’yicha turdosh oliy ta’lim yo’nalishlarining ro’yxati.