Xalqaro huquq
1996-yili "Xalqaro huquqiy munosabatlar" yo‘nalishi bo‘yicha “Xalqaro huquq” fakulteti tashkil etildi. Fakultetda 2002-yildan boshlab “Yurisprudensiya (xalqaro-huquqiy faoliyat)” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi.
5240100-Yurisprudensiya (xalqaro-huquqiy faoliyat) – ijtimoiy soha, iqtisod va huquq bilim sohasidagi ta'lim yo‘nalishi bo‘lib, u yurisprudensiya sohasida nazariy bilimlarni shakllantirish, tizimli tahlil etish, huquq ijodkorligi faoliyati, xususan, qonun loyihalari, qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa yuridik va diplomatik xarakterdagi hujjatlarni tayyorlash haqidagi bilimlar, xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarni tartibga soladigan davlatning ichki qonunchiligi, xalqaro-huquqiy norma va tamoyillar bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy va ilmiy tadqiqot faoliyati, xalqaro huquqiy va savdo-iqtisodiy aloqalar sohasidagi qiyosiy huquqshunoslik, huquq normalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, diplomatik faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ishlab chiqarish, xo‘jalik va tijorat korxonalari, moliya-bank hamda boshqa muassasalarning yuridik xizmatidagi kasbiy faoliyatida qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyatini o‘z ichiga oladi.
5240100 – Yurisprudensiya (Xalqaro huquqiy faoliyat) ta'lim yo‘nalishining kasbiy faoliyat obyektlari yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalar, faktlar, harakatlar; davlat hokimiyati institutlarining amal qilish sohasida paydo bo‘luvchi huquqiy munosabatlar; davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar; davlatlar, davlatlar va xalqaro tashkilotlar, davlatlar va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro xalqaro huquqiy munosabatlar hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalish talabalarda xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash, tashqi siyosat masalalariga doir milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, muayyan masalalar bo‘yicha qarorlar chiqarishda xalqaro huquq normalarini izlash va ularni qo‘llay olish, hozirgi zamon xalqaro munosabatlari sohalarida yuzaga kelgan muammolarni tahlil etish, hal eta olish, huquqiy xulosa va maslahatlar bera olish, davlat organlari, xalqaro va xususiy tuzilmalarda xalqaro huquq bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalarni mustaqil ba`jara olish, xalqaro tijorat arbitrajida davlat manfaatlarini himoya qilish, O‘zbekiston qo‘shilgan xalqaro shartnomalar va konvensiyalarning ijrosini yuridik ta'minlash shuningdek, jahon miqyosida O‘zbekiston Respublikasining obro‘-e'tibori, tutgan mavqyeini mustahkamlash va manfaatlarini huquqiy himoya qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Hozirgi kunda fakultetda “Xalqaro ommaviy huquq va davlat huquqiy fanlar” kafedrasi, «Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik huquqiy fanlar» kafedrasi faoliyat olib boradi. Shuningdek, asosiy shtatda 22 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
5240100 - Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy va matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan birgalikda fakultetning xalqaro-huquqiy tabiatidan kelib chiqib milliy huquq sohalariga doir umumkasbiy fanlar: Davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi, konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, qiyosiy huquqshunoslik, fuqarolik huquqi, fuqarolik-protsessual huquqi, tadbirkorlik (bizness) huquqi, moliya va soliq huquqi, korporativ huquq, raqobat huquqi, mehnat va ijtimoiy himoya huquqi, hamda ixtisoslikka doir xalqaro ommaviy huquq, xalqaro xususiy huquq, xalqaro savdo huquqi, xalqaro intellektual mulk huquqi, xalqaro jinoyat huquqi, Yevropa huquqi, inson huquqlari, diplomatik va konsullik huquqi, xalqaro iqtisodiy huquq, shuningdek, fanlararo yondashuv asosida geosiyosat, loyihalarni boshqarish, jahon iqtisodiyoti, diplomatik protokol va etiket kabi fanlarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, talabalarni xorijiy tillarga o‘rgatish va o‘qitishning takomillashtirilgan tizimi mavjud bo‘lib, ularda og‘zaki va yozma nutqni mukammal shakllantirish, ichki va tashqi siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda erkin muloqot qilish, hamda sinxron tarjima qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar shakllantiriladi.
Mazkur yo‘nalish doirasida mamlakatimizning diplomatik faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralari, xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza etuvchi organlar tizimi, moliya-bank va soliq organlarida hamda tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun bakalavr mutaxassislarni tayyorlashni ko‘zda tutiladi.
2018-2019-o‘quv yilida Avstriyaning Vena shahrida “Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik huquqiy fanlar”dan Xalqaro savdo arbitraji huquqi doirasida xalqaro tanlovda (Vis Moot) “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari Jurajanov Abdulaziz, Mirjonov Maksud i Toshtemirova Nafosatlar hamda ularga murabbiy sifatida kafedra mudiri Sherzod Masadikov va katta o‘qituvchi Farangis Xasanovalar ishtirok etdilar.
2018-2019-o‘quv yilida “Xalqaro huquq” talabalari Raximova Sitora, Juraev Muxammadabdullo, Saidaripova Aziza, Norquvvatov Sanjar va jamoa murabbiysi Gafurova Zulfiyalardan iborat jamoa Vashingtonda (AQSh) bo‘lib o‘tgan Filip Djessop Xalqaro konkursida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ushbu musabaqada an’anaviy ravishda “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari professor-o‘qituvchi V.Artikova murabbiyligida 2017-2018-o‘quv yilida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishgan.