"Xalqaro ommaviy huquq va davlat huquqiy fanlar" kafedrasi
“Davlat qurilishi va huquq” kafedrasi 1995-yilda “Bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari” kafedrasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, davlat, huquq va boshqaruvga oid fanlarni tizimli o‘qitish va xalqaro-huquqiy faoliyat bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning boshlang‘ich tayyorgarligi hamda davlat va huquq nazariyasi va amaliyoti asoslarini keng qamrovli o‘rganishni ta'minlashdan iborat.
Kafedra boshqa turdosh kafedralar tizimida alohida o‘ringa ega bo‘lib, fakultetning xalqaro-huquqiy tabiatidan kelib chiqib milliy huquq sohalari bo‘yicha ta'lim jarayonini tashkil qiladi.
Kafedrada davlat huquqi va boshqaruvi va konstitutsiyaviy huquqning umumiy kursiga oid Davlat va huquq nazariyasi, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini o‘rganish. Huquqshunoslik, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi, Xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy huquqi, Ma'muriy huquq fanlari o‘qitiladi hamda ushbu kurs bo‘yicha vazifalar talabalarda davlat tuzumi va boshqaruvi asoslari masalalari bo‘yicha kuchli bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan mustaqil ravishda tadqiqotlar olib borish, davlat boshqaruvi va konstitutsiyaviy huquq bilan bog‘lik huquqiy mavzular bo‘yicha xalqaro-huquqiy tabiatidan kelib chiqib erkin suhbat yuritish mahorati xamda muammoli masalalarga mantiqiy, qonun normalariga asoslangan yechim topish mahoratini rivojlantirishdan iborat.
Kafedrada tarixiy-huquqiy fanlar kursi (Davlat va huquqi tarixi va Siyosiy-huquqiy maktablar va nazariyalar) chuqur va batafsil yoritilgan holda o‘qitiladi hamda ushbu kurs bo‘yicha kafedraning asosiy faoliyati talabalarda qiyosiy qonunchilik, tarixiy, siyosiy, huquqiy hodisalar, doktrinalarda tizimli tahlil qilish uslubidan foydalanish, siyosiy-huquqiy xulosalar tuzish sohasiga oid bilimlarni shakllantirishga qaratilgan.
Kafedrada bank-moliya masalalariga doir Moliya huquqi, Soliq huquqi, Bojxona huquqi, Bank huquqi kabi fanlar o‘qitiladi hamda ushbu kurs bo‘yicha kafedra faoliyatining asosiy maqsadi va vazifasi bank-moliya masalalari, soliqqa tortish sohasida talabalarning bilimini shakllantirish, tahlil qilish, huquqiy jihatdan asoslangan qarorlar qabul qilish, moliya-bank va pul-kredit, soliq va bojxona tizimida normativ-huquqiy hujjatlar tuzishning amaliy bilimlari va ushbu sohalarda mustaqil ta'lim va huquqni qo‘llash ko‘nikmalarini ishlab chiqish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Kafedrada jinoyat huquqi fanlari kursi (Sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, Prokuror nazorati, Kriminalistika, Jinoyat huquqi, Jinoyat protsessi,) chuqur va batafsil yoritilgan holda o‘qitiladi hamda ushbu kurs bo‘yicha kafedra faoliyatining asosiy vazifasi va maqsadi talabalarda jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, jazo tayinlash, jinoyatchilik sabablarini va oldini olish masalalarini o‘rganish hamda jinoyat huquqining umumiy va maxsus qismi tushunchalarni yoritib berish hamda talabalarda jinoyat huquqi fanlari doirasida mustaqil ta'lim olish, qiyosiy bilimlarni, sud hukmlarini tahlil etish, jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishning protsessual tartibi yuzasidan chuqur bilim berish; moddiy va protsessual qonun normalarini amalda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish; talabalarda protsessual fanlarga oid mantiqiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish; sohaga oid qonun va qonunosti hujjatlari bilan tanishish; talabaning mustaqil ta'lim olishiga ko‘maklashishdan iborat.