JIDU bitiruvchilari assotsiatsiyasi Konseptsiyasi
Preambula (Kirish)
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (1992 yil 23 sentyabr`) tashkil etilganidan buyon minglab iqtidorli yoshlar ta'lim maskanini bitirib, bugungi kunda shaxs sifatida kamol topib, respublikamizning deyarli barcha vazirlik va idoralari, yirik xalqaro tashkilotlar, ilg'or mahalliy va xorijiy kompaniya (shirkat)larida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ular yetishgan yutuqlari zamirida JIDUning salmoqli o'rni ham bor, zero mazkur maskan ta'lim sifati bo'yicha O'zbekistonda ko'p yillardan buyon ilg'or o'rinlarni egallab kelgan. Har bir bitiruvchi nafaqat bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgani, balki JIDUning o'ziga xos madaniyati, Universitet shukuhi hamda didini o'zida mujassam etib, Respublikada iqtidorli yoshlarni jalb qilguvchi, o'ziga tortguvchi kuch (magnit) vazifasini o'tamoqda. Bugungi kunda, milliy va xalqaro ta'lim muassasalarining kuchli raqobatga yo'nalganlik sharoitida, JIDU o'z bitiruvchilari tomonidan ta'lim sifatini yaxshilash va sharoit yaratilishi, universitetning ijobiy salohiyati (imiji) taraqqiy etishi, universitet va bitiruvchilararo doimiy qayta aloqaning o'rnatilishida ko'mak va qo'llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezmoqda. O'z navbatida shuni e'tirof etish lozimki, JIDUni tamomlagan bitiruvchilarning aksariyat qismi ma'lum bir sabablarga ko'ra o'zaro aloqani saqlab qolishmagan. JIDUda orttirilgan do'st va hamkurslar bilan bugungi kunda uchrashish istagida yurgan bitiruvchilar bilan aloqani tiklash mexanizmi ishlab chilmagan. Shuningdek, universitet bitiruvchilarining turli avlod vakillari bilan hamkorlikdagi biznes muloqotni yo'lga qo'yish borasidagi xalqaro tajriba amaliyotga tatbiq etilmagan. Yuqoridagilarni qayd etgan holda, shuningdek, jahonning yetakchi universitetlari tajribasini hisobga olgan ravishda, tarkibida turli avlod vakillarini qamrab olgan JIDU bitiruvchilarining tashabbuskor guruhi, JIDU bitiruvchilari uyushma(assotsiatsiya)si (UWEDAlumni) (quyida va keyin Assotsiatsiya deb nomlanuvchi)ni tashkil etadi.
Missiya (Yuklanadigan vazifa)
JIDU bitiruvchilari assotsiatsiyasi – ixtiyoriy ravishdagi birlashma (tashkilot) bo'lib, JIDU bitiruvchilari hamda universitet o'rtasida doimiy aloqani ushlab turuvchi, tashkillashtiruvchi, yo'naltirib, hamkorlik hamda homiylik asosida JIDU manfaatlarini ko'zlab, hozirgi va kelgusi bitiruvchilarga amaliy ko'mak ko'rsatuvchi uyushma sifatida faoliyat yuritadi.
Maqsadi va vazifalari
Uyushmaning asosiy maqsad va vazifalari:
- JIDUning hozirgi va bo'lajak bitiruvchilari uchun uchrashuvlar, tashkiliy va axborot ko'magi uchun maydon taqdim etish yo'li bilan biznes aloqalar o'rnatishga yordamlashish;
- JIDU va universitet bitiruvchilari o'rtasida o'zaro aloqa, o'zaro hamkorlik va muvofiqlashtirish vositasi bo'lib xizmat qilish;
- Universitetni rivojlantirish uchun o'qitish shart-sharoitlari hamda sifatini yaxshilash yo'li bilan moliyaviy, maslahat, texnik va boshqa yordam tashkillashtirish va ko'rsatish;
- JIDUning bo'lajak bitiruvchilariga ishga joylashishida JIDU bitiruvchilariga biriktirilgan potentsial ish beruvchilar bilan aloqalar o'rnatish orqali yordamlashish;
- JIDUning turli avlod bitiruvchilariga JIDUga tashrif buyurish, yig'ilish va har yili bitiruvchilarning uchrashuvlari hamda boshqa tadbirlarni o'tkazish imkoniyatini yaratish.
Uyushmaning tashkiliy tuzilmasi va faoliyati
Vazifasi va maqsadlaridan kelib chiqib Uyushmaning tashkiliy tuzilmasi o'z ichiga quyidagi institutlarni oladi: Umumiy yig'in, Muvofiqlashtiruvchi kengash va yo'nalishlar bo'yicha Ishchi guruhlar. Uyushmaning har bir a'zosi faoliyati ixtiyoriy bo'lib, jamoatchilik asosida amalga oshiriladi.
Umumiy yig'in – Uyushmaning yuqori organi bo'lib, yilda kamida bir marta to'planadi. Umumiy yig'in Muvofiqlashtiruvchi kengash a'zolarini saylaydi va bajarilgan ishlar to'g'risidagi hisobotni tinglaydi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash – bu Uyushmaning ijro etuvchi organidir, u uyushma rivojlanishi strategiyasini belgilaydi va uning JIDU bilan o'zaro hamkorligini ta'minlaydi, ishchi guruhlar faoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi.
Ishchi guruh – bu ijro etuvchi qo'mita tomonidan tashkil etilgan muayyan qisqa muddatli yoki uzoq muddatli tadbir hamda harakatlarni amalga oshirish uchun tuzilgan guruhdir.
JIDU bilan o'zaro hamkorlik
Assotsiatsiya JIDU bilan universitetning manfaatlarini ko'zlagan holda, uning hozirgi va kelgusi bitiruvchilarini inobatga olib, ta'lim sifati va sharoitini yaxshilashga qaratilgan moliyaviy, konsul`tativ (maslahat), texnik va boshqa turdagi amaliy ko'makni ko'rsatish orqali hamkorlik olib boradi. Assotsiatsiya va universitet o'rtasidagi aloqalar, har bir loyihaga individual yondashgan holda o'zaro kelishuvlar asosida olib boriladi.
Hamkorlikni amalga oshirish ko'zda tutilayotgan sohalar:
- bitiruvchilar bilan uchrashuv va turli tadbirlarni tashkillashtirish;
- tajriba almashishni ko'zlagan holda bitiruvchilarning professional (o'z ishiga mohir) vakillari birlashmasini tashkil etish, tajribali ko'nikma salohiyatini rivojlantirishga qaratilganqo'shma loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, muloqot uchun Internet-maydonidan foydalanish;
- JIDU talabalari bilan ma'lum bir darajada muhim muvaffaqiyatga erishgan bitiruvchilar ishtirokidagi uchrashuv, master klassni tashkillashtirish;
- JIDU bitiruvchilari bilan doimiy aloqani ushlab turuvchi, shu jumladan, stajirovka va amaliyot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi potentsial ish beruvchilar va talabalar o'rtasida aloqalarni o'rnatish;
- JIDU ta'lim sifati hamda sharoitini yaxshilashga qaratilgan alohida loyihalarning moliyalashtirilishi yuzasidan foydalanilgan vosita va b.larning to'liq hisoboti shaffoflik printsipi asosida yuritiladi.