"Xalqaro munosabatlar" kafedrasi
«Xalqaro munosabatlar» kafedrasi 1997 yilda tashkil topgan. 1997 yildan 2005 yilgacha «Xalqaro munosabatlar» kafedrasi faoliyati falsafa fanlari doktori, professor Azimova Dinora Sadikovna rahbarligida yuritilgan, 2005 yildan hozirgi vaqtgacha esa kafedrani siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Baxadirov Murat Maxmudovich boshqarmoqda. Kafedra xalqaro munosabatlarning zamonaviy rivojlanishini tadqiq etadigan o‘quv va ilmiy markaz hisoblanadi. Kafedrada quyidagi maxsus kurslar va fanlardan dars beriladi: «Xalqaro munosabatlarning nazariyasi», «Geosiyosat», «Xalqaro xavfsizlik», «Mintaqashunoslik», «Sharq xalqaro munosabatlari», «G‘arb xalqaro munosabatlari», «Xalqaro tashkilotlar», «Qiyosiy siyosiy tizimlar», «Jahon siyosati», «Xalqaro axborot tahlili», «Konfliktologiya», «Siyosiy texnologiyalar», «Qo‘shni mamlakatlar xalqaro munosabatlari» va boshqalar. Quyidagi bir nechta fanlar «Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat» magistratura yo‘nalishida ham o‘qitiladi: «Xalqaro tizimlar va global rivojlanishning siyosiy muammolari», «Xalqaro tizimlarda O‘zbekistonning manfaatlari», «Zamonaviy xalqaro jarayonlarning mintaqaviy jihatlari».
Olib borilgan va davom etib kelayotgan faoliyat mobaynida kafedrada xalqaro munosabatlarni tadqiq etishning mustahkam ilmiy an’analari shakllangan. Markaziy Osiyoning mintaqaviy xavfsizligi muammolarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy maktablar faoliyatidan tashqari AQSH, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Afg‘oniston va Eron kabi mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini tadqiq etish bo‘yicha yo‘nalishlar rivojlanib kelmoqda.
Ma’ruza darslarini quyidagi professor va o‘qituvchilar olib boradilar: t.f.d., professor Sh.M.Abdullayev, s.f.d., professor N.O‘.To‘lyaganova, s.f.n., dotsent U.A.Xasanov, s.f.n., dotsent B.A.Xo‘janov, s.f.n., dotsent G.M.Muminova, s.f.n. E.Aripov, s.f.n. Z.A.Zaripova, s.f.n. N.Ya.Muminova, G.R.Abdusalamova.
Shu bilan birga xalqaro aloqalarni rivojlantirish doirasida kafedrada turli yillarda taklif etilgan xorijiy mutaxassislar ilmiy-pedagogik faoliyatini olib borganlar: Kalkutta Universiteti (Hindiston) professori Borun De, Oklaxoma Universiteti (AQSH) professori Djoel, Sautgempton Universiteti (AQSH) professori Dj.Glenn, Djon Xopkins Universitetining (AQSH) xizmat ko‘rsatgan professori (fidoisi) Aftab Kazi, Berlin Universitetining xizmat ko‘rsatgan professori (fidoisi) Brigita Xoyer, Hindistonlik professor Suxash Chakravarti, Djavaxarlal Neru nomidagi Universitetining (Hindiston) professori Djotsna Bakshi, Mumbay Universitetining (Hindiston) professori Padma Lochan Dash.
Shu bilan birga Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi qoshidagi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoni tadqiq etish instituti, Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi, Shanxay xalqaro tadqiqotlar akademiyasi, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi qoshidagi Sinszyan instituti, Sanoat va qishloq ho‘jaligini rivojlantirish markazi (Chandigarx, Hindiston) bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan/o‘rnatilgan. Kafedra jamoasi yangi avlod o‘quv qo‘llanma va darsliklarini yaratishda faol ishtirok etmoqda. Quyidagi ilmiy asarlar tayyorlangan va nashr etilgan:
- Азимова Д.С. Статус нейтралитета Швейцарии (ҳаммуаллифлар билан).– Т., 2005.
- Азимова Д.С. Эволюция политического сотрудничества Европейского Союза и России. – Т., 2008.
- Бахадиров М., Рахманкулова Н., Муминова Г. Глобализация: теория и практика. – Т.: УМЭД, 2010.
- Туляганова Н.У. Афганский фактор в современных международных отношениях в Центральной Азии. – Т.: Фан, 2004.
- Туляганова Н.У. Политология асослари. (ҳаммуаллифлар билан). – Т.: ТГИВ, 2006.
- Хасанов У.А. Региональная безопасность и национальные интересы (Центральноазиатский реогион). – Москва, 2004.
- Хасанов У.А. Введение в теорию международных отношений. – Т.: УМЭД, 2008.
- Xasanov U. Xalqaro munosabatlar nazariyasi. –T.: JIDU, 2014.
- Якубов И.Х. Международные отношения Востока. – Т.: УМЭД, 2008.
- Муминова Г. Политические системы стран мира (сравнительный анализ). – Т.: УМЭД, 2008.
- Муминова Г. Политические системы мира. –Т.:УМЭД, 2009.
- Muminova G. Jahon siyosiy tizimlari. –T.: JIDU, 2014.
- Зарипова З.А. Политическая конфликтология. – Т.: УМЭД, 2009.
- Zaripova Z. Konfliktologiya. –T.: JIDU, 2014.
- Muminova N. Xalqaro tashkilotlar. –T.: JIDU, 2014.
Barcha yangi avlod o‘quv qo‘llanmalari xalqaro munosabatlar to‘g‘risida hartomonlama tasavvurga ega bo‘lishga, talabalarga zamonaviy yuqori ilmiy bilimlar darajasidagi ma’lumotlarni yetkazishga yo‘naltirilgandir.