15.06.2021 4419

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Ipoteka-bank” ATIB, O‘zMTRK O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda “Uchinchi renessans - yoshlar nigohida” nomli respublika tanlovining yakuniy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari, magistratura va doktorantura tadqiqotchilari quyidagi yo‘nalishlarda 3000 dan ortiq loyihalari bilan ishtirok etdilar:

  • ajdodlar merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv;
  • oliy ta’limda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari;
  • yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari.

Tanlovning "Oliy ta’limda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari” nominatsiyasi bo‘yicha fakultet, universitet, hududiy bosqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti 1-kurs talabalari Muxtorov Mirsaid Muxsim o’g’li va Amandullaev Kamoliddin Shahobiddinovichlarning “Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi katta o’qituvchisi Tashev Farruh Muzaffarovich ilmiy rahbarligidagi lohiya respublika (yakuniy) bosqichida 3-o’ringa sazovor deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasida Innovatsion rivojlanish vazirligida 2021-yilning 11-iyun kuni tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alar, tanlov diplomi va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

“Xalqaro huquq” fakultetining bo‘lajak malakali huquqshunoslarini samimiy qutlab, kelgusidagi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.