15.06.2021 1949

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga bakalavriat uchun (dastlabki imtihonga) abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 2021-yil 15-iyundan onlayn arizalar (https://admission.uwed.uz) orqali amalga oshiriladi.

Bakalavriat uchun quyidagi yo’nalishlarda hujjatlar qabul qilinadi:

  • 5233500 – “Xalqaro iqtisodiyot va menejment”;
  • 5210300 – “Siyosatshunoslik”;
  • 5240100 – “Yurisprudensiya”.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda dastlabki imtihonni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3795-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 594-son Qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Abituriyentlar uchun qo’llanma

Qabul komissiyasi bilan bog’lanish uchun:

Telegram: @uwed_admission
Elektron pochta: admission@inno.uwed.uz
Telefon: (+99871) 267-17-68.

Eng so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lish uchun Telegram’dagi kanalimizni kuzatib boring: @uwed_official