BMT Taraqqiyot Dasturi Mintaqaviy Direktori O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi
16.06.2021 1575
BMT Taraqqiyot Dasturi Mintaqaviy Direktorining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi birinchi kunida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov nufuzli mehmon va Senat raisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Adliya vazirligida bo'lib o‘tgan uchrashuvlar doirasida Spolyarich Egger xonim rivojlanishning eng muhim milliy yo‘nalishlariga BMT Taraqqiyot Dasturining sodiqligini tasdiqladi. Ular Barqaror Rivojlanish Maqsadlar (BRM) ijrosi ustidan parlament nazoratini takomillashtirish, aholining zaif qatlamlariga urg‘u bergan xolda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish strategiyasini amalga oshirishni rag‘batlantirish, O‘zbekistonning COVID-19 pandemiyasidan so‘ng yashil tiklanishini qo'llab-quvvatlash, shuningdek Milliy gender tenglikni ta'minlash strategiyasini qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.