JIDUda “BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy hamkorlik asoslari” mavzusida ilmiy seminar oʻtkazildi
12.06.2021 1511
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida rahbariyat va kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirokida YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi katta oʻqituvchisi Aziza Xodjayevaning ilmiy seminari boʻlib oʻtdi. “BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy hamkorlik asoslari” mavzusida tashkil etilgan seminar Zoom platformasida boʻlib oʻtdi.
Ilmiy seminarda BMTning ixtisoslashgan tashkiloti FAO (Food and Agriculture Organization) va O’zbekistonning xalqaro huquqiy hamkorlik istiqbollari haqida hamda butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini joriy etishda xalqaro va milliy standartlarni amaliyotga tadbiq etish lozimligi, qashshoqlikka barham berish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri ekanligi haqida to’xtalib o’tildi. Seminarda professor-oʻqituvchilar va tinglovchilar savol-javoblar bilan qatnashishdi.