Yangilik va hodisalar
LinksLinks2

Узбекистан и ЕАЭС: интеграция выгоднее "опоры на собственные силы"

Узбекистан активно пользуется статусом наблюдателя при Евразийском экономическом союзе. Весной республика приняла дорожную карту по развитию сотрудничества с ЕАЭС, которая в том числе включает гармонизацию законодательства с нормами союза.

Mahallalar bilan ishlash va yoshlar huquqiy savodxonligini oshirish yoʻlida

YUNESKOning xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti Surayyo Usmanova ishtirokida Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Boʻz” mahalla fuqarolar yigʻinida “Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish masalalari: xalqaro standartlar va milliy qonunchilik” mavzusida suhbat boʻlib oʻtdi.

JIDU prorektori Gulnoza Ismailova xalqaro Tartu konferensiyasida qatnashdi

JIDU Ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Gulnoza Ismailova “Fifth annual Tartu conference on Russian and east European studies: Post-socialist (dis)orders” (Tartu, Estoniya) nomli konferensiyada “The current challenges in building resilient local government institutions: the case study of Uzbekistan” mavzusidagi nutqi bilan qatnashdi.

Digital Diplomacy inkubatsion markazi oʻz ishini boshladi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Digital Diplomacy inkubatsion markazi oʻz faoliyatini boshladi. Unda universitet talabalari onlayn taʼlim, elektron tijorat boʻyicha oʻz bilimlarini oshirishlar, biznesni olib borish boʻyicha malakali mutaxassislarning tajribalarini oʻrganadilar.

"Diplomat" teatr studiyasidan yoshlar kuniga atab spektakl namoyishi

Poytaxtimizda Oʻzbekiston yoshlari va talabalari forumi oʻtkazildi. Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Diplomat” teatr jamoasi ham ishtirok etdi. Universitet yoshlari buyuk rus adibi Aleksandr Pushkinng «Yevgeniy Onegin» asari asosida sahnalashtirilgan pyesani namoyish etdilar.