01.07.2021 1547

Poytaxtimizda Oʻzbekiston yoshlari va talabalari forumi oʻtkazildi. Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Diplomat” teatr jamoasi ham ishtirok etdi. Universitet yoshlari buyuk rus adibi Aleksandr Pushkinng «Yevgeniy Onegin» asari asosida sahnalashtirilgan pyesani namoyish etdilar.

Ingliz tilida tomoshabinlar hukmiga havola etilgan asar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. JIDU talabalarining mahorat bilan pyesani ijro etishlari tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidagi “Diplomat” teatr studiyasi bir necha yillardan buyon muvaffaqiyatli faoliyat olib borib kelmoqda. Talabalarni teatr sanʼati bilan oshno etish, jahon teatr namunalarini oʻzbek va chet tillarida tomoshabinlarga yetkazish, yoshlarning madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etish maqsadida teatr jamoasi muntazam ijodiy namunalar, spektakllar sahnalashtirib boradi.