30.06.2021 1972

30-iyun - Oʻzbekistonda yoshlar kuni munosabati bilan xalq taʼlimi tizimida samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik koʻrsatayotgan 25 nafar xodim “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi.

Ular orasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Respublika taʼlim markazi Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Javlonbek Meliboyev ham bor.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlarni tashabbuskorligi, kreativ gʻoyalari bilan taʼlim sohasida samarali faoliyat yuritayotgani hamda yuqori natijalari bilan faollik koʻrsatayotganini alohida eʼtirof etib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda bundanda yuqori natijalar sari doimiy harakatda boʻlish lozimligini qayd etdi.

JIDU jamoasi sobiq talabamiz va boshqa mukofot sovrindorlarini tabriklab, ularning keyingi faoliyatlarida zafarlar tilaydi!