30.06.2021 1712

Joriy yilning 29-30-iyun kunlari Botanika bogʻida Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Oʻzbekiston yoshlari va talabalari forumida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ham faol ishtirok etmoqda.

Forum doirasida tashkil etilayotgan turli tanlovlarda faol talabalarimiz gʻolib va sovrindorlar safidan joy olmoqda. Albatta, bunday forumlarning muntazam ravishda tashkil etilishi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar uchun umumiy muloqot maydonini yaratish bilan bir qatorda ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhiti, bilim va tajriba almashish imkoniyatini ham beradi.

30-iyun kuni mazkur forum doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtadi hamda ushbu uchrashuvda bir guruh faol talabalarimizning ishtiroki kutilmoqda.

Respublika yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan Poliglotlar tanlovida Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari Oydin Karimova 2 oʻrinni, Madina Ganiyeva esa 3 oʻrinni egallashdi.

Dilmurod Dilmurodov,
“Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-bosqich talabasi