01.07.2021 1581

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Digital Diplomacy inkubatsion markazi oʻz faoliyatini boshladi. Unda universitet talabalari onlayn taʼlim, elektron tijorat boʻyicha oʻz bilimlarini oshirishlar, biznesni olib borish boʻyicha malakali mutaxassislarning tajribalarini oʻrganadilar.

Inkubatsion markaz oʻzi nima?

Inkubatsion markaz – bu yoshlarning startap-loyihalarini rivojlantirish platformasi boʻlib, uning maqsadi universitetda taʼlim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va AKT sohasiga yangilik ruhini olib kirish, yoshlar tomonidan iqtisodiyot va ijtimoiy soha talab qiladigan yangiliklarni yaratishdan iborat.

Inkubatsion markaz ishtirokchilari turli hakaton, ideatonlar va tanlovlarda qatnashish orqali oʻz biznes loyihalari, startaplarini ishlab chiqib amaliyotga joriy etishlari mumkin.

JIDU faol va tashabbuskor yoshlarining yangi loyihasiga Siz ham qoʻshiling!