Talaba-yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitasi vakillari bilan uchrashuvi
8-iyun kuni Universitetda talaba-yoshlarning ma’naviy immunitetni oshirish, sof Islom ta’limotini yetkazish, yoshlarni turli yot oqimlar xurujidan ogoh etish va ular orasida mafkuraviy tushunchalar targ‘ibotini yanada kuchaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.