Talaba-yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitasi vakillari bilan uchrashuvi
09.06.2018 14513
8-iyun kuni Universitetda talaba-yoshlarning ma’naviy immunitetni oshirish, sof Islom ta’limotini yetkazish, yoshlarni turli yot oqimlar xurujidan ogoh etish va ular orasida mafkuraviy tushunchalar targ‘ibotini yanada kuchaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriyman Abduraxim Abulxasan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita mas’ul xodimi Abror Po‘latovlar ishtirok etdi.
Ma’ruzachilar o‘z chiqishlari davomida Islom dinining faqat yaxshilikni targ‘ib qilishi haqida so‘zlab berdilar, unda qayd etilgan suralar, hadislar mazmun mohiyatini tushuntirib o‘tishdi.