31.05.2018 26170

2018-yil 30-may kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi” mavzusida III Milliy ilmiy-ta’limiy forumi bo'lib o'tdi va mazkur forumda JIDU xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad - forum ishtirokchilarini ilmiy ta’lim resurslarning jahon manbalari va yuqori reytingli jurnallarda maqolalar chop etish imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali O‘zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqotlar sifati va mualliflarning nashr etish faolligini oshirishdir.

Mazkur tadbirda dunyoning yetakchi kompaniyalari vakillari (Clarivate Analytics, EBSCO information services, Springer Nature va boshq.) o‘z taqdimotlari va mahorat darslarini taqdim etdilar.

Forumda 2018-2019 yillarda ilmiy va ta’lim muassasalarining Clarivate Analytics, EBSCO Information Services resurslaridan va jahonning boshqa manbalaridan foydalanish imkoniyatlari, dunyoning yetakchi nashriyotlarining elektron ilmiy-ta’limiy resurslarining dolzarb manbalari va ulardan O‘zbekiston ilmiy-ta’limiy va axborot-kutubxona muassasalarida foydalanish, ilmiy nashrlar va doktorlik dissertatsiyalarining samaradorligini va sifatini oshirish masalalari muhokama etildi.

Mazkur forum prezentatsiyasini kuyida yuklab olish mumkin: