Islom sivilizatsiyasi bilimdonlari davrasida
31.05.2018 11434
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti axborot-resurs markazining o`quv zalida islom sivilizatsiyasini o`rganishga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi. Universitetning boy kitob fondi tufayli talabalarga Qadimgi Sharqning tarixi va madaniyati haqida 20 ta noyob nashrlar taqdim etildi. Ular orasida: “Qadimgi Xorazm” (S.P.Tolstov, 1948, 2006); zar bo`yoqlar bilan bezalgan noyob “O`zbekiston madaniy merosi” (2017) nomli kitobining o`n jildi, “Qadimgi Naxshab” (R.H.Sulaymonov, 2000); “Yozma madaniyati tizimidagi Markaziy Osiyo" (M.Ishakov, 2008) va boshqalar.
Barcha fakultet talabalari Sharq qomusiy olimlarining Yevropa sivilizatsiyasini rivojlanishiga qo`shgan hissalari haqida o`zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi. “Xalqaro huquq” fakulteti ikkinchi kurs talabalari Firuz Farmonov va Javohir Qurbonovlar buyuk olimlarimiz bo`lgan yurtdoshlarimizning tabiiy-ilmiy kashfiyotlariga e`tibor qaratdi. "Xalqaro munosabatlar" fakulteti talabalari Nozima Abdushukurova va Olimxon Toshpo`latov Sharq she`riyati durdonalaridan namunalar keltidi. Mazkur suhbat “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori F.I.Muminova, dotsentlar A.А.Usmanova, F.Х.Usarovalar tomonidan tashkil etildi. Tadbirda kutubxona xodimlari ham faol ishtirok etdi. Ular, muhokama etilgan mavzuga bag`ishlangan va o`quv zalida taqdim etilgan kitoblar to`plami hamda ko`rgazma-ekspozitsiya haqida so`zlab berdilar.