04.06.2018 14407

Joriy yilning 1 iyun kuni universitetda Aykido-shou tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmon, O‘zbekiston Aykido Federatsiyasi rahbari, Aykido Aykikay 6 Dan sohibi, Xalidov Rashid Bakiyevich o‘z chiqishlarida ushbu yakkakurash turi mazmuni va mohiyati haqida so‘z yuritdi. Toshkent shahridagi Aykido maktabi tarbiyalanuvchilari ushbu jang san’ati namunalarini namoyish etdi.