02.06.2018 13589

2-iyun kuni universitetning axborot-resurs markazida Abay Qo'nonboyevning ijodiga bag'ishlangan uchrashuv-suhbat bo'lib o'tdi. Abay ijodi, uning kuy va qo’shiqlari, tarbiyaviy she'riy asarlari XIX asrda Qozog'istonning adabiy-badiiy so'zlashuvining  eng yuqori cho’qqisini tashkil etgan. Abay qozoq adabiy tilining asoschisi bo’lib hisoblanadi.  Xalq akimi o'z qo'shiqlari va she'rlarida insonlardagi qahramonlik va  jasorat fazitlatlarini dunyoga tarannum etgan,  hudbinlik va qaloqlikni  tanqid qilgan. U bilim olishga, ilm-fanga, hunarmandlik mahoratini egallashga da’vat etgan. Bularning barchasi togrisida talabalar batafsil gapirib o’tdilar.                                                    

Тalabalar Shaxnoza Berdimuratova, Sarbinaz Reibnazarova, Shahboz Rasulovlar,  Abay asarlaridan misralar o’qib eshittirdilar, uning qozoq yozma madaniyati, adabiyoti  rivojiga va ma’rifatga qo'shgan hissasi haqida so’z yuritdilar. Abay Ko’nonboevning ona tiliga bo’lgan munosabatini, odatta, rus tili maqomini ko’klarga ko’targan Turgenev bilan taqqoslashadi. “XM” fakulteti  talabasi Jahongir Berkinov qozoq va o'zbek adabiyoti o'rtasidagi adabiy tenglikni keltirib o’tdi, ikkita qardosh turkiy xalqlarning og'zaki va yozma she'riyati o'rtasida mavjud bo’lgan o’zaro birlikning shakllanganligiga urg’u berdi.

Ushbu uchrashuv-suhbat "Markaziy Osiyo xalqlari sivilizatsiyasi va adabiy merosi"ga bag'ishlangan tadbirlar turkumining yakunlovchi qismini tashkil etdi.
Mazkur tadbirlar universitet “Ma'naviyat va ma'rifat”  bo'limi  hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur  doirasida o’tkazildi.  Abay Qo’nonboev ijodiga bag'ishlangan uchrashuv-suhbat professor  Fotima Izzatullayevna Mo'minova va dotsent Aziza Abdullaevna Usmanova tashabbuslariga ko’ra tashkil etildi. Yoshlar bilan  bunday qiziqarli va interfaol tadbirlarni  o’tkazishda  kutubxona xodimlari katta yordam ko’rsatdi. Ular doimiy ravishda katta hajmdagi adabiyotlar, gazeta va jurnallar nashri, chop etilgan mavzular bo'yicha tegishli materiallarni taqdim etib bordi.