Buyuk alloma Burhoniddin al-Marg‘inoniy ma’naviy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan kitob mutolaasi
07.06.2018 16874
6 iyun kuni, murabbiylik soatida talabalar davrasida, jahon xalqlarining ma’naviy-diniy taraqqiyotiga, huquqshunoslik ilmining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Burhoniddin al-Marg‘inoniy ijodiga bag‘ishlangan kitob mutolaasi o‘tkazildi. Marg‘inoniyning o‘lmas merosi, uning ellik yetti kitobdan iborat “Hidoya” – “To‘g‘ri yo‘l” deb atalgan asari, sakkiz asrdirki mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinmoqda. So‘zga chiqqanlar Burhoniddin al-Marg‘inoniy tomonidan Movarounnahrda fiqh maktabining rivojlanishiga katta ulush qo‘shganligini e’tirof etib o‘tdi. “XH” fakulteti 4 kurs talabasi Sitora Raximova “Al-Hidoya” kitobi ko‘p asrlar davomida hanafiylik bo‘yicha eng muhim va mo‘tabar qo‘llanma sifatida barcha musulmon mamlakatlari madrasalari va islomiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinayotgani haqida so‘z yuritdi. Baxtiyor Madraximov, allomaning tug‘ilgan yili va yashab o‘tgandavrito‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Sanjar Norquvvatov, “Al-Hidoya” kitobining matni va qisqartmalari ustidan mashhur faqihlar tomonidan 60 dan ortiq sharhlar va hoshiyalar yozilib, ushbu mazhabning tarqalishi yo‘lida ta’sirchan omil sifatida xizmat qilib kelganini ma’lum qildi. “XM” fakulteti 3 kurs talabalari Alisher Mirzajalilov, Shuhrat Xamidov, Shahzod Maksudovlar allomaningasralarida O‘rta Osiyo xalqlari urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Hanafiya mazhabi talimoti to‘g‘risida manbalar borligini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur tadbirni o‘tkazishda “YUNЕSKO va inson huquqlari” kafedrasi o‘qituvchisi Vasilya Artikova va “IGF” kafedrasi dotsenti Aziza Usmanovalar tashabbus ko‘rsatdi. Ushbu kitob mutolaasiga universitetning Axborot-resurs markazixodimlarimavzuga doir manbalarni taqdim etdi.