Diplomatiyada psixologiyaning ahamiyati
31.05.2018 11636
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarning "Diplomatik kadrlarni tayyorlashda va ularning kasbiy faoliyatlarida psixologiyaning roli va ahamiyati" mavzusida respublika konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Unda mamlakatning yetakchi universitetlari talabalari ishtirok etishdi. Konferentsiya tashkiliy qo'mitasiga materiallarini nashr etish uchun 60 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar topshirildi.
Qiziqarli ma'ruzalar va illyustratsion materiallar, slaydlar yig'ilgan jamoaga taqdim etildi. "Diplomatik xizmatlarda axborot va psixologik xavfsizlikni ta'minlash", "Diplomatlarning kasbiy rivojlanishining psixologik asoslari", "Elektron diplomatiyani rivojlantirishda psixologiyaning roli", "Yosh diplomat O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishlashga psixologik omillar" kabi mavzularni yoritib berdi.
Mazkur forumning o'ziga xos jihati shundaki, asosiy moderatorlar talabalar o'zlari olib bordilar, ular ma'ruzachilarni e'lon qildishganda va savollar berishda o'zbek, rus, ingliz tillarida faol muloqot qilishgan. Ushbu talabalar konferentsiyasini o'tkazishda tashkiliy-uslubiy va ilmiy jarayonini "Ijtimoiy va gumanitar fanlar" kafedrasi o'qituvchilari dotsent Aziza Abdullajanovna Usmanova va Fatima Izatullayevna Muminova boshqarishdi. Eng yaxshi hisobot mualliflari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.