30.05.2018 14214

29-30 may kunlari Toshkent shahri Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar sport haftaligi” doirasida o‘tkazilgan “Suzish” musobaqalarida JIDU talabalari jamoasi umumiy jamoa hisobida sovrinli Uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, “Estafeta” yo‘nalishida - ikkita Birinchi o‘rin sohiblari bo‘ldi.

Bundan tashqari, yakkalik ko‘rsatkichlarda Egamov Baxodir ikkita yo‘nalishda Birinchi o‘rinni, Mirzaraximov Bobur – ikkita yo‘nalishda Uchinchi o‘rinni, Rasulova Aziza – Uchinchi o‘rinni, Timashev Ildar – Uchinchi o‘rinni va Abduqayumov Oybek – uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

JIDU suzuvchilar jamoasi murabbiyi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Raxmatov Davlat Toyirovich.

24 may kuni Universitet talabasi Izzatov Shaxzod Armrestling sport turi bo‘yicha Uchinchi sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan.

JIDU sportchilarini g‘alaba bilan tabriklaymiz va ularga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!