Yangilik va hodisalar
LinksLinks2

XII Нar yilgi talabalar ilmiy anjumani

2019 yil 16-dekabr kuni Universitetning Yuridik klinikasi tomonidan tashkil etilgan, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan kun va O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan navbatdagi XII Нar yilgi talabalar ilmiy anjumani bo'lib o'tdi.

“Shahar bolalar uyi”ga tashrif

2019-yil 14-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Jahon iqtisodiyoti va menejment fakulteti talabalari Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan "Shahar bolalar uyi" ga tashrif buyurishdi.

JIDU da sheriyat kechasi

2019-yil 12-dekabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti(JIDU) Ingliz tili kafedrasi har yilgi respublika talabalar konferensiyasini o’tkazdi. Bu an’ana 11 yil avval tashkil etilgan sobiq JIDU Konferens tarjimonlar tayyorlash markazi tomonidan asos solingan.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy Osiyo mintaqasida yagona boʻlgan Yaponiya tadqiqotlari tahlil markazining tantanali ochilish marosimi

Marosimda taʼkidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 8-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlashga qaratilgan ushbu markaz faoliyatining asosiy vazifasi Oʻzbekiston-Yaponiya aloqalarini barcha sohalarda chuqur tahlil qilishga qaratilgani bilan ham gʻoyatda ahamiyatlidir.

“Ilm yulduzlari” soxibini tabriklaymiz

Xalqaro Xuquq fakulteti oʻqituvchisi, mustaqil izlanuvchi Mirxamidova Moxinnora Nurullayevna, 2019-yil 10-dekabr kuni oʻtkazilgan “Ilm yulduzlari” Respublika intellektual koʻrik tanlovida muvaffaqiyatli qatnashib, “Eng yaxshi innovatsion ilmiy ish soxibasi” deb topildi.