XII Нar yilgi talabalar ilmiy anjumani
18.12.2019 5323
2019 yil 16-dekabr kuni Universitetning Yuridik klinikasi tomonidan tashkil etilgan, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan kun va O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan navbatdagi XII Нar yilgi talabalar ilmiy anjumani bo'lib o'tdi.
Anjumanni Yuridik klinikaning rahbari, yuridik fanlar doktori Ubaydullaev Ziyodulla Sagdullaevich kirish so'zi bilan ochdi. Shuningdek, anjumanda “Xalqaro huquq” fakulteti dekani Urunbayev Shuxrat Baxodirovich va Yuridik klinikaning kuratorlari – “Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik huquqi fanlari kafedrasi” dotsenti Cherkashina Irina Aleksandrovna va 30 yillik tajribaga ega, faoliyat yuritayotgan advokat Mayorova Galina Nikolaevna so’zga chiqishdi.
Anjumanda 2-4 kurs talabalari tomonidan O'zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati va uning huquqiy jihatlari; ayollar huquqlari va ularning kafolatlari; ommaviy axborot vositalari mustaqilligi; yuvenal sudlar: ularni O'zbekistonda yaratish zaruriyati; ma'muriy ixtiyoriylikni tartibga solish; korrupsiya muammolari va unga qarshi kurashish usullari; xususiy mulkni himoya qilish kabi jamiyatimiz uchun dolzarb bo’lgan huquqiy mavzular ko'tarildi. Bundan tashqari, ma'ruzachi-talabalar zamonaviy fanlar nuqtai nazaridan qiziq bo’lgan sun'iy intellekt, tanqidiy fikrlash, hayvonlarni himoya qilish, gen injineriyasi kabi mavzularga murojaat qildilar. Ma'ruzalar anjuman ishtirokchilari tomonidan qizg'in muhokama qilindi, natijada talabalar o’zaro tajriba almashishdi va yangi bilimlarga ega bo'lishdi.