12.12.2019 6119

Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Olima” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Ilm yulduzlari” koʻrik-tanlovi uchun, JIDU Xotin qizlar koʻmitasi Kengashi tomonidan tavsiya etilgan, Xalqaro Xuquq fakulteti oʻqituvchisi, mustaqil izlanuvchi Mirxamidova Moxinnora Nurullayevna, 2019-yil 10-dekabr kuni oʻtkazilgan “Ilm yulduzlari” Respublika intellektual koʻrik tanlovida muvaffaqiyatli qatnashib, “Eng yaxshi innovatsion ilmiy ish soxibasi” deb topildi.

Shu munosabat bilan yosh olimamizni Universitet rahbariyati va professor-oʻqituvchilari nomidan tabriklaymiz.