18.12.2019 5580

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "UWED Business School"  tomonidan tashkil qilingan tadbirda yurtimizdagi eng taniqli tadbirkor va katta muvaffaqiyatlarga erishgan inson, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Tsukuba universiteti (Yaponiya), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti,  “MURAD BUILDINGS” asoschisi Murod Nazarov “Ochiq savollarga ochiq javoblar” mavzusida seminar treningi o'tkazildi.

Tadbir davomida Murod Nazarov talablarga o'zining muvaffaqiyat yo'li haqida gapirib berdi. Murod Nazarov  talabalarga  O'zbekistondagi yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib tadbirkorlik bilan shug'ullanib yurtimizning rivojlanishiga hissalarini qo'shishi kerakligi haqida tavsiyalar berdi. Shuningdek yig'ilganlarga muvaffaqiyatli kompanya yaratish haqida, biznesda eng muhim bo'lgan narsalar haqida gapirib berdi. Tadbir davomida talabalar Murod Nazarovga  o'zlarini qiziqtirgan savollarini berib mazmunli va to'liq javob olishdi. Eng yaxshi savol bergan talabani Murod Nazarov "MURAD BUILDINGS" kompanyasida amaliyot o'tashga taklif qildi. Murod Nazarov talabalarga tez rivojlanayotgan zamonda tinimsiz bilim olishlari va o'zlarining ustida universitetni tugatgandan keyin ham to'xtamasdan ishlashlari haqida tavsiyalar berdi.  Tadbir so'ngida Murod Nazarov talabalarga o'zi o'qigan kitoblarni tavsiya qildi.