13.12.2019 8187

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy Osiyo mintaqasida yagona boʻlgan Yaponiya tadqiqotlari tahlil markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, JIDU rektori - A.A.Abduvaxitov, Yaponiya elchixonasi maslahatchisi - muovini janob Suda Atsushi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Takasaka Muneo, JICA ko'ngillilari koordinatori janob Mizuno Shigexiro, Nagoya universitetining O'zbekistondagi vakili Imomura Eiichi, Koreya va Yaponiya bo'limining birinchi kotibi, mamlakat bilan hamkorlik byurosi Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya D.A. Qurbonov, Nagoya Universitetining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Elmurodov Eldor, JIDU professor-o'qituvchilari, doktorantlari va talabalari Yaponiyaning tahliliy tadqiqot markazining ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Marosimda taʼkidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 8-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlashga qaratilgan ushbu markaz faoliyatining asosiy vazifasi Oʻzbekiston-Yaponiya aloqalarini barcha sohalarda chuqur tahlil qilishga qaratilgani bilan ham gʻoyatda ahamiyatlidir.

2002-yilda davlatlarimiz oʻrtasida oʻrnatilgan strategik sheriklik munosabatlari siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar, innovatsiya va sayyohlik yoʻnalishlari qatori fan-taʼlim hamda innovatsiya sohalarida ham jadal rivojlanib bormoqda.

Jumladan, Toshkent davlat yuridik universitetida Nagoya universiteti hamkorligida ochilgan Yapon huquqini tadqiq etish markazi, Toshkent davlat texnika universiteti qoshida Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlari innovatsion markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yaoniya koʻmagida tashkil etilgan Oʻquv media-markazi, Toshkent davlat Sharqshunoslik institutida Yaponshunoslik fakulteti ish boshlagani, Oʻzbekiston va Yaponiya rektorlari konferensiyasi mexanizmi buning yaqqol dalilidir.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan soʻng besh mingdan ziyod oʻzbek yoshlari Yaponiyaning turli universitetlarida tahsil olib, oʻz bilim va tajribalarini Ona Vatanimiz ravnaqi va farovonligi uchun safarbar etib kelmoqda.

Bu jarayonlarda faol ishtirok etib kelayotgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yaponiyaning nufuzli oliy taʼlim muassassalari bilan talabalar almashuvi dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, Yaponiyadan kelgan taniqli mutaxassislar 60dan ortiq talabalarga yapon tili saboqlarini berib kelmoqda.

Ushbu ijobiy ishlarning mantiqiy davomi bugun Yaponiya tadqiqotlari tahlil markazi faoliyat boshladi. Bu yerda yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy xodimlar, ekspertlar guruhi va tahlil doiralari Yaponiya davlati va jamiyatini keng qamrovli va kompleks tarzda oʻrganadi. Shuningdek, ushbu mamlakatda roʻy berayotgan muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, va madaniy jarayonlar boʻyicha fundamental ilmiy izlanishlar olib borish, Yaponiyaning xalqaro maydondagi tashabbuslari, davlatlararo munosabatlari, tashqi siyosat konsepsiyalari va amaliy saʼy-harakatlari, muammo va yechimlari tadqiq etiladi.

Bundan tashqari, Kunchiqar yurtning boy tarixi, qadimiy dini, yapon xalqining koʻp asrlardan buyon bezavol saqlanib kelayotgan madaniy va maʼnaviy merosi, milliy qadriyatlari va urf-odatlarini chuqur oʻrganilib, mamlakatni modernizatsiya qilishning oʻziga xos tajribasini puxta oʻzlashtiriladi.

Taqdir taqozosi bilan urushdan keyingi yillarda yurtimizga kelib qolgan 23 mingdan ziyod yaponlar bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlar, mustaqillikdan keyin olib borilayotgan ikki tomonlama, munosabatlar tarixi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi koʻp tomonlama aloqalar ham izlanishlarning ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Universitetda tashqi siyosat va iqtisodiyot sohasida yaponiyalik eng koʻzga koʻringan olimlar va ekspertlarni, tajribali diplomatlarning maʼruzalarini tashkil etishga markaz har jihatdan koʻmaklashadi.

Akademik almashuvlar, qoʻshma loyihalarni birgalikda amalga oshirish natijasida toʻplangan eng ilgʻor bilim va koʻnikmalarga asoslangan ilmiy tamoyillardan Oʻzbekistondagi tashqi siyosiy va iqtisodiy sohalardagi ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorlikni oshirish, yangi kurslar va dasturlarni amaliyotga tatbiq etishda, turli qoʻllanma va risolalar chop etishdan samarali foydalaniladi.

Bu kabi zamonaviy tahlil markazining ochilishi universitetning ilmiy salohiyati va imkoniyatlarini, yoshlarlarga dars berish sifat-darajasini har tomonlama yuksaltirib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini 2030-yilgacha xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities) reytinglarida munosib oʻrin olishi uchun yaxshi shart-sharoitlari yaratishi shubhasiz.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, JIDU rektori - A.A.Abduvaxitov, Yaponiya elchixonasi maslahatchisi - muovini janob Suda Atsushi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Takasaka Muneo, JICA ko'ngillilari koordinatori janob Mizuno Shigexiro, Nagoya universitetining O'zbekistondagi vakili Imomura Eiichi, Koreya va Yaponiya bo'limining birinchi kotibi, mamlakat bilan hamkorlik byurosi Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya D.A. Qurbonov, Nagoya Universitetining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Elmurodov Eldor, JIDU professor-o'qituvchilari, doktorantlari va talabalari Yaponiyaning tahliliy tadqiqot markazining ochilish marosimida ishtirok etdilar.