16.12.2019 5440

Joriy yilning 30-noyabridan 13-dekabrigacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Roman-german tillari kafedrasi tomonidan "JIDUda Evropa tillari kunlari" loyihasi doirasida an'anaviy tadbirlar tashkil etildi.

Bu Frantsiya, Ispaniya, Italiya va Germaniya mamlakatlari madaniyati va an'analari bilan qiziqqan studentlar uchun haqiqiy bayram edi. Dastur turli xil yo'nalishdagi tadbirlarni o'z ichiga oldi: Evropa mamlakatlarining tarixi va geografiyasi bo'yicha «Nima? Qaerda? Qachon?» intellektual o'yini,  «Nima uchun men chet tilini o'rganmoqdaman» mavzusida insholar tanlovi.

Tashkilotchilar tomonidan e'lon qilingan tadbirlarning maqsadi - frantsuz, italyan, nemis va ispan tillarini birinchi yoki ikkinchi chet til sifatida o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshirish. Dastur tadbirlariga barcha talabalarni, ularning chet tilini bilish darajasidan qat'i nazar, jalb etilganligi alohida ta'kidlandi.

«JIDUda Evropa tillari kunlari» loyihasi 13 dekabrda an'anaviy bayram kontserti bilan yakunlandi. Bayramni JIDU Birinchi prorektori M.T.Bakoev kirish so'zi bilan ochib berdi. U kafedra professor-o'qituvchilarining kasbiy mahoratlari,  fidokorona mehnatlari, o'z kasblariga bo'lgan muhabbatlari uchun minnatdorchilik bildirib, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar, Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi ta‘lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha attashesi - Sofi Jindt xonim, Belgiyaning faxriy konsuli - Jan-Klod Bojan, Toshkentdagi frantsuz maktabining direktori - o'rinbosari Frans Voerli va boshqalarni mamnuniyat ila qutladi.

Sahna ko’rinishlari orqali talabalar chet tillarni yaxshi bilishlarini va ajoyib aktyorlik qobiliyatilarini namoyish etdilar. Odatdagidek, sahna ko’rinishlarining aksariyati vokal spektakllari, xorijiy mualliflarning she'riy asarlari va yorqin raqslardan iborat bo’ldi.

Bayram dasturi yakunida Sofi Gindt taklif uchun minnatdorchilik bildirdi va bu kabi tadbirlar talabalarning xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishda muhimligini ta'kidladi.

Konsertdan keyin bayramga tachrif buyurgan mehmonlar Evropa taomlaridan bahramand bo'lishdi.