13.12.2019 8465

2019-yil 12-dekabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti(JIDU) Ingliz tili kafedrasi har yilgi respublika talabalar konferensiyasini o’tkazdi. Bu an’ana 11 yil avval tashkil etilgan sobiq JIDU Konferens tarjimonlar tayyorlash markazi tomonidan asos solingan. Ushbu konferensiya “She’riyat chegara bilmas” deb ataluvchi ajoyib nom ostida o’tkazildi.

JIDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektorining o'rinbosari, Ismailova G.S., o’zining kirish nutqida talabalar, konferentsiya mehmonlari va tashkilotchilarini qutlar ekan, she'riyatning jamiyatdagi o'rni muhimligini ta'kidlab o’tdi. Shuningdek, u ushbu konferentsiyada boshqa bir qator universitetlarning talabalari ishtirok etishining ijobiy rolini qayd etdi va Toshkentdagi turli universitetlar o'rtasida kelgusida hamkorlik qilishiga umid bildirdi.

Ingliz tili kafedrasi mudiri Borisova Y.V. she'riyat butun insoniyat uchun, xususan yoshlar uchun muhim ahamiyat kasb etishi yana bir-bor ta'kidladi.  U konferentsiya ishtirokchilari ushbu tadbir asnosida olingan ta’surotlar hamda shijoat, shu kuni e'lon qilinadigan fikrlar hamda g’oyalarning tarqatishda davom etishiga ishonch bildirdi.

Anjuman ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan yigirma ettita ma'ruza Shekspir va Bayron, Pushkin va Axmatova, Cho'lpon va Muhammad Yusuf va boshqa ko'plab taniqli shoirlarning asarlarini qamrab oldi.  Shu bilan birga, talabalarning qiziqishi nafaqat klassik shoirlar va zamonaviy she'riyatning o'sib borayotgan yulduzlari asarlarini, balki JIDU talabalari tomonidan yozilgan she'rlarni ham qamrab oldi.  Shubhasiz, ushbu konferentsiyani she'riyat bayrami deb atash mumkin!

Ushbu konferentsiyaning asosiy maqsadi tashkilotchilarning jamiyat zamonaviy hayotida she'riyatning ahamiyatini ta'kidlash edi.  «She'riyatning ommaviyligi jamiyatning bilim va madaniyati darajasidan dalolat beradi», - ta'kidladi JIDU professori Samadov B.

 Ingliz, o'zbek va rus tillarida she'rlarni chiroyli qiroat qilish tinglovchilarning olqishiga sazovor bo'ldi.  Anjumanning o’ziga xos  va qiziqarli qismlaridan biri bu she'riyat va musiqaning ajralmas birligini namoyish etish edi.  Anjuman ishtirokchilari JIDU talabalari tomonidan akustik gitara jo'rligida kuylangan Okudjava, Bob Dilan, Teylor Svift va boshqa ko'plab mualliflarning qo'shiqlarini tinglash imkoniyatiga ega bo'ldilar. Anjuman, odatdagidek, ingliz tilida o’tkazildi.  AQShdan kelgan Fulbrayt ETA dasturi ingliz tili o'qituvchisi Madison Kristichning ma'ruzasi konferentsiya ishtirokchilarini hayratda qoldirdi.  She'rda aks ettirilgan dunyo qadriyatlari umumbashariy ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab, Abdulla Oripovning she'rini o'zbek tilida o’qib eshittirildi.

An'anaga tariqasida, taqdimotlar JIDU Konferens tarjimonlar tayyorlash markazi tashkil etilgan vaqtdan buyon hisobotlarni sinxron tarjima qilish bilan birga o'tkazildi.  Ta'kidlash joizki, yuqori sifatli sinxron tarjimani JIDU Konferens tarjimonlar tayyorlash markazi bitiruvchilari tomonidan yurtimizda va xorijiy mamlaktlarda professional faoliyat olib borib, o'zlarining alma materlarining obro'sini oshirgan.