Yangilik va hodisalar
LinksLinks2

JIDU talabasi “Zulfiya” mukofoti sohibasi boʻldi

Bahor fasli universitetimiz uchun xushxabarlar bilan boshlandi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2 bosqich talabasi Madina Sunnatova davlatimiz rahbarining qarori bilan koʻplab iqtidorli qizlar safida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga loyiq topildi.

BMTTD doimiy vakili Matilda Dimovska bilan uchrashuv tashkil qilindi

4-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska va talabalarlar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirni JIDU rektori Komiljon Karimov kirish soʻzi bilan ochib berdi va hurmatli mehmon Matilda Dimovskani talabalarga tanishtirdi.

Biznes hamjamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish

2021-yil 3-mart kuni biznes tuzilmalar vakillari va ish beruvchilar bilan hamkorlik doirasida XIM fakulteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi tomonidan KPMG xodimlari - HR menejeri Evgeniya Massino va Aziz Amanov bilan uchrashuv tashkil qilindi.