06.03.2021 3518

6-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “JIDU bituruvchilari Assotsiatsiyasi”ni tuzish boʻyicha kengashning navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda yurtimizdagi yetakchi tashkilot, muassasalarda faoliyat yuritayotgan bituruvchilar hamda onlayn ravishda ayni vaqtda respublikamiz va xorijda ish olib borayotgan bituruvchilar ham qatnashishdi.

Assotsiatsiyaga aʼzo boʻlish orqali bituruvchilar bilan aloqalarni mustahkamlash, JIDUning imkoniyatlari bilan keng jamoatchilikni xabardor qilish, universitetdagi turli loyihalarni qoʻllab quvvatlash va talabalarni keyingi faoliyatlarini rivojlantirish maqsadi qoʻyilgan. Ishtirokchilar Assotsiatsiya tuzish bilan bogʻliq tashkiliy va huquqiy masalalarni muhokama qildilar, zaruriy vazifalarni belgilab oldilar.