Yangilik va hodisalar
LinksLinks2

Hurmatli JIDU talabalari!

Universitetning 1 va 2 kurs talabalari 14-fevral 2022-yildan, 3 va 4 kurs talabalari 21-fevral 2022-yildan ananaviy ta’lim (offline) shakliga o’tishini ma’lum qilamiz.

Tanlov g‘oliblariga qutlov!

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unversitetining O‘zbek va rus tillari kafedrasi tomonidan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan talaba-yoshlari o'rtasida “Vatanga muhabbat – eng muqaddas tuyg‘u" mavzusida insholar tanlovi va “Vatanimga munosib qalqon bo'laman” dasturi asosida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi.

Universitetda talabalar gazetasi tashkil etiladi

Joriy yilning 31-yanvar kuni Yoshlar masalalari va manaviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori O.Yusupdjanov, Yoshlarni ma’naviy-marifiy tarbiyalash bo’limi boshlig’i F.Yaxshiyev, Xalqaro munosabatlar fakulteti dekan muovini S.Tillaxo‘jayeva va tyutorlar ishtirokida ushbu loyihani amalga oshirish hamda uni yuritish uchun ...

Taʼziya

Universitet jamoasi Oʻzbek va rus tillari kafedrasi dotsenti Normatova Shoira Umarovnaga padari buzrukvorlari - Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, filologiya fanlari doktori, professor, katta adabiyotshunos olim Umarali Normatovning vafoti bilan chuqur taʼziya va samimiy hamdardlik bildiradi.

"Navoiy ijodi jahon olimlari nigohida" mavzusida onlayn davra suhbati

2022 yil 18 yanvar kuni JIDU "Roman-German tillari" kafedrasi tomonidan "Navoiy ijodi jahon olimlari nigohida" mavzusida onlayn davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda kafedra o’qituvchilari hamda fransuz, nemis, ispan va italyan tillarini ikkinchi va asosiy xorijiy til sifatida o’rganuvchi talabalar ishtirok etdilar.

JIDUda rektor va yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 21-yanvar kuni Oliy Majlis Senati raisi birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida universitetni tizimli isloh etish” mavzusida talabalar bilan onlayn uchrashdi.