02.02.2022 1287

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unversitetining  O‘zbek va rus tillari kafedrasi tomonidan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan  talaba-yoshlari o'rtasida “Vatanga muhabbat – eng muqaddas tuyg‘u" mavzusida insholar tanlovi va “Vatanimga munosib qalqon bo'laman” dasturi asosida videoroliklar  tanlovi  o‘tkazildi. Tanlov doirasida turli yoʻnalishlarda tahsil oluvchi 40 nafar JIDU talaba va magistrantlari ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

“Vatanga muhabbat – eng muqaddas tuygu" mavzusida insholar tanlovi:

  1. Muhammadiyeva Nodira, Gid hamrohi va til tarjimonligi yo‘nalishi, 1-kurs magistranti, 1-o'rin;
  2. Dilmurod Dilmurodov, Xalqaro munosabatlar, 2-kurs, 2-o'rin;
  3. Jiyanov Sardor- Xalqaro huquq, 2-kurs, 3-o'rin.

“Vatanimga munosib qalqon bo'laman” dasturi asosida videoroliklar  tanlovi:

  1. Shoxrux Qo‘chqarov  - Xalqaro iqtisodiyot va menejment, 2-kurs, 1-o'rin;
  2. Shamsiddinov Shahzod - Xalqaro huquq, 1-kurs, 2-o'rin.

Tanlov g‘oliblarini muvaffaqiyatlari bilan qutlab, ularga yangi marralarda zafarlar tilab qolamiz!