31.01.2022 1023

Har yili an’anaviy tarzda Yuridik klinikaning sobiq va hozirgi talabalarining o‘rtasida o‘tkaziladigan yig‘ilishda 2021-yilgi bitiruvchilariga klinikada o‘qiganliklari va huquqshunos sifatida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lib, fuqarolarga yordam berganlarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, JIDU Street Law jamoasining 2021 yilgi Bolalar adolati uchun Butunjahon kongressidagi ishtiroki uchun sertifikatlar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2000-yilda tashkil etilgan JIDU Yuridik klinikasida “Xalqaro huquq” fakulteti yuqori bosqich talabalari aholining kam ta’minlangan qatlamlariga bepul yuridik yordam ko‘rsatmoqda. Huquqiy yordam fuqarolik, meros, oilaviy, mehnat, uy-joy va boshqa masalalari bo'yicha maslahatlar berish va tegishli sud va suddan tashqari hujjatlarni (arizalar, murojaatlar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar) tayyorlash shaklida ko'rsatiladi.