02.02.2022 1211

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univertsiteti rektorining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 29-noyabrdagi 506-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” 2021-yil 13-dekabrdagi 216-1-UM-sonli buyrug‘i 2-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq talabalarning bo’sh vaqtini samarali va mazmunli tashkil etish, ularning turli yo’nalishlarda iste’dodini ro’yobga chiqarish, ijodkorlik, tashabbuskorlik fazilatlarini yanada rivojlantirish ko’zda tutilgan. Shu maqsadda, talabalarning talabalik hayotiga qiziqtirish, ularda ilm-fan, yangi g’oya va tashabbuslarni shakllantirishga yo’naltirilgan universitet onlayn-gazetasi va “Fan va Ma’rifat” Telegram kanalini yaratish rejalashtirildi.

Joriy yilning 31-yanvar kuni Yoshlar masalalari va manaviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori O.Yusupdjanov, Yoshlarni ma’naviy-marifiy tarbiyalash bo’limi boshlig’i F.Yaxshiyev, Xalqaro munosabatlar fakulteti dekan muovini S.Tillaxo‘jayeva va tyutorlar ishtirokida ushbu loyihani amalga oshirish hamda uni yuritish  uchun o’z nomzodligini ko’rsatgan faol yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Oflayn va onlayn tarzda tashkil etilgan suhbatda  muhbir, tarjimon, ijtimoiy media menejeri, dizaynerlik, mas’ul muharrir, fakultet koordinatori, kopirayterlik yo’nalishlari bo’yicha iqtidor va salohiyatga ega bo’lgan talabalar saralandi. Shuningdek, universitet onlayn gazetasi va kanalning dastlabki ko’rinishining taqdimoti bo’lib o’tdi. Gazetaning mazmun-mohiyatini boyitish, uning qamrovini kengaytirish, qiziqarli va ommabopligini ta’minlash bo’yicha talaba-yoshlar ham o’z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib o’tdilar.

Yig‘ilish yakunida gazeta va kanal faoliyatini boshlash uchun mas’ul yetakchilar tayinlanib, ularga belgilangan vazifalar taqsimlandi.

Ushbu loyihani boshlash va uning davomiyligini ta’minlashda tashabbuskor talaba-yoshlarimizga muvaffaqqiyat tilaymiz.