O'rganilayotgan til mamlakatining madaniyati haqida nimalarni bilamiz
28.01.2022 1567
2022-yil 18-yanvar kuni Sharq tillari fakultetida tahsil olayotgan talabalar o‘rganilayotgan til mamlakati tarixi va madaniyati haqidagi bilimlarga bag‘ishlangan onlayn viktorinada ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirni yapon, xitoy, koreys va arab tillarini o‘rganayotgan 3-4-kurs talabalari olib bordi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston bilan Yaponiya, Koreya, Xitoy va arab dunyosi davlatlari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Talabalar tarix va madaniyat, o‘rganilayotgan til mamlakati tarixi bo‘yicha yaxshi bilimlarini namoyish etdi.
Tadbir Sharq tillari kafedrasi tomonidan tashkil etildi.