28.01.2022 1245

2022 yil 18 yanvar kuni JIDU “Roman-German tillari” kafedrasi tomonidan “Navoiy ijodi jahon olimlari nigohida” mavzusida onlayn davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda kafedra o’qituvchilari hamda fransuz, nemis, ispan va italyan tillarini ikkinchi va asosiy xorijiy til sifatida o’rganuvchi talabalar ishtirok etdilar.

“She’r mulkining sultoni” Alisher Navoiy ijodi tadqiqotchilarining taniqli vakillari sifatida germaniyalik Zigrid KlaynmiHel va Ingeborg Baldauf, vengriyalik Benedek Peri va Ferench Chirkes, fransiyalik Mark Toutant, turkiyalik Tanju Seyhan, ozarboyjonlik Hamid Orasli, Jannat Nagʻiyeva singari olimlarni keltirish mumkin. Tadbir davomida talabalar ulardan ayrimlarining tarjima faoliyati haqida taqdimot qildilar, fransuz, nemis va ispan tillariga tarjima qilingan g’azallardan namunalar o’qidilar. Suhbat davomida  talabalar  o'zlarining fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar. Ulug' mutafakkir ijodi bir ummon ekanligi, uni qancha o'qib-o'rgansak ham kamligi e'tirof etildi.