Boston Northeastern universiteti talabalari JIDUga tashrif buyurishdi
2022-yilning 19-may kuni AQShning Boston Northeastern universitetining Xalqaro munosabatlar talabalari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurishdi.
2022-yilning 19-may kuni AQShning Boston Northeastern universitetining Xalqaro munosabatlar talabalari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurishdi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabasi Samandar Sarayev Innovatsion rivojlanish vazirligi va Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanlovining Respublika final bosqichi g‘olibi bo‘ldi.
Joriy yilning 20-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun kadrlar tayyorlashda til ta’limi va tarjima masalalari” mavzusidagi XIV an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanga respublikamizning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Fransuz tili o'qituvchisi X.Xodjayeva boshchiligidagi bir guruh fransuz tilini o'rganuvchi talabalar Fransiyaning O'zbekistondagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan VII "Talabalar va o'quvchilar frankofon teatr va ashula festivali"da ishtirok etishdi va "Eng yaxshi qo'shiq" nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
2022 yilning 17-may kuni talabalar o‘rtasida IT-loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha inkubatsiya va akseleratsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shu yilning 13 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yuridik klinikasida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi vakillari, JIDU yuridik klinikasi va Xalqaro huquq fakultetining 2-3 kurs talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida fuqarolik ishlari bo‘yicha sud simulyatsiyasi o‘tkazildi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Siyosatshunoslik” kafedrasi tomonidan 2022-yilning 25-may (14:00 da) kunida “Oʻzbekistonda siyosiy fanlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Joriiy yilning 13-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 5 may kuni JIDU xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori S. Saidkasimov va Buyuk Britaniya Liberal-demokratik partiyasi tashkiliy qo'mitasi a'zosi, Buyuk Britaniyaning xalqaro ishlar bo'yicha ishbilarmonlar klubi raisi K. Divani va Britaniya «EdLogica» kompaniyasi Bosh direktori V. Joshi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonda ayol imidji: nazariya va amaliyot” mavzusida tadbir o‘tkazildi.