"Oʻzbekistonda siyosiy fanlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish rejalashtirilgan
16.05.2022 1313
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Siyosatshunoslik” kafedrasi tomonidan 2022-yilning 25-may (14:00 da) kunida “Oʻzbekistonda siyosiy fanlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Konferensiyani oʻtkazishdan maqsad: Oʻzbekistonda siyosiy fanlar sohasida mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash muammolari va siyosiy fanlarni oʻqitish masalalarini tahlil qilish, siyosiy fanlarni oʻqitishda zamonaviy xalqaro tajribaga asoslangan ilgʻor uslubiyatni qoʻllash, hamda boshqa oʻquv yurtlarining siyosatshunoslik yoʻnalishdagi kafedralari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat.
Anjumanda barcha oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, doktorant va boshqa tadqiqotchilar ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiyaning yoʻnalishlari:
- Siyosiy fanlar sohasida kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari;
- Siyosiy fanlarga oid tadqiqotlarning nazariy-uslubiy muammolari;
- Siyosiy fanlarni oʻqitishda zamonaviy uslubiy tendensiyalardan foydalanish.
Mavzuda koʻtarilgan muammo, uning yechimi, ilmiy-amaliy ahamiyati va xulosasi aniq bayon qilinishi hamda havolalar satr ostida taqdim etilishi lozim. Ilmiy maqolalarni tanlashda konferensiya yoʻnalishlariga mosligi eʼtiborga olinadi. Toʻplamga kiritiladigan materiallar mazmuni va ularning toʻgʻriligiga mualliflar javobgar hisoblanadi.
Ilmiy maqolalar matni 5-8 betda, elektron shaklida (MS Word, Times New Roman), 14 shriftda, 1,5 intervalda rasmiylashtirilishi lozim. Maqolada oʻrtadan katta harflar bilan maqola nomi, keyingi qatorda kichik harflar bilan oʻrtadan muallifning ismi, familiyasi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, keyingi qatorda ish (yoki oʻqish) joyi, telefon raqami yoki elektron pochtasi koʻrsatiladi.
Ilmiy maqolalarni konferensiya toʻplamiga kiritish uchun 2022-yil 22-mayga qadar tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish lozim. Maqolalar elektron pochta (kafsiyosat@gmail.com) orqali qabul qilinadi. Anjuman oʻtkazilish joyi, vaqti va formati haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi. Savollar boʻyicha yuqoridagi elektron manzil orqali murojaat etishingiz mumkin.
Tashkiliy qoʻmita