16.05.2022 1064

Joriiy yilning 13-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida Toshkent shahrining huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishtirok etgan ushbu tadbirda universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etdi. 

Mazkur davra suhbati Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univereiteti hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.   

Tadbir davomida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari odam savdosi va majburiy mehnat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 

Ma’ruzada mazkur sohadagi muammolarni tadqiq qilish maqsadida universitet bilan hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha takliflar o‘z aksini topdi.